“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoni 5-ilovasi 52-bandiga muvofiq “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish belgilangan.
1. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyatini yaratish.
2. Masofaviy ta’lim platformalari afzalliklarini ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish, yoshlarni o‘qitish hamda loyiha doirasida rag‘batlantirish choralarini ko‘rish belgilangan
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida onlayn o’quv kurslarini tashkil etildi.
Xorijiy “Udemy” dunyodagi eng yirik onlayn ta’lim platformalaridan biri bo‘lib, unda har kim o‘ziga kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishi mumkin. Platforma kurslarni mustaqil ravishda o‘rganish imkoniyatini beradi, chunki darslar oldindan yozib olingan va istalgan vaqtda ulardan foydalanish mumkin. Shuningdek talabalar darsdan bo’sh vaqtlarini kompyuter sinflarida “Udemy” saytdan ro`yxatdan o’tib istalgan mavzuda (dasturlash, dizayn, marketing, biznes,va h.k.) kurslarni sotib olib o‘rganish mumkin. Kurslar video darslar, testlar, yuklab olinadigan materiallar va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Kurslar umrboqiy (doimiy) foydalanish huquqi bilan taqdim etiladi. Kurslar sotib olishda institut tomonidan talabalarga 50% dan 100% gacha moliyaviy ko’mak beriladi.