BIZ BIRGALIKDA KORRUPSIYANI TO`XTATAMIZ!
🎓 NamMQI Transport fakulteti 5-o`quv binosi faollar zalida "BIZ BIRGALIKDA KORRUPSIYANI TO`XTATAMIZ” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
▫️Uchrashuvga Namangan viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo`lim boshlig`i S.Muzaffarov, Viloyat IIB korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi A.Nodirov, xududiy boshqarma yuristi I.Karimov, institut komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Fayziyev, bo`lim mutaxasisi J.Rizzayev, Transport fakultet dekani B.Maxmudov, dekan o`rinbosari G`.Tuxliyev va fakultetning barcha tyutorlari xamda talabalari ishtirok etishdi.
🟢Uchrashuvda so‘zga chiqqan xodimlar tomonidan talabalarga korrupsiyaning oqibatlari, unga qarshi barchamiz birdek kurashish to‘g‘risida tushuntirish berildi.
✅Tadbir so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
01.11.2024 y.