Dissertatsiyasi himoyasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli Ilmiy kengash
Namangan muhandislik-qurilish instituti doktoranti UMAROV RAXMATILLA AKRAMOVICHning 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Uchinchi tartibli karrali xarakteristikali kichik hadlar qatnashgan tenglama uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi o'tkaziladi.
Dissertatsiya himoyasi 2025-yil 20-mart soat 15:00 da Farg‘ona davlat universiteti 2-binosida bo'lib o'tadi.