• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E'lon

2025-yil 12-mart kuni soat 1500 da Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Т.90.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari hamda 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosliklar bo‘yicha Ilmiy Seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

KUN TАRTIBI:

1. Abduqodirov Nurzod Shavkatjon o‘g‘lining 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qurituvchi qurilma barabanini ish rejimlari va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi.

Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. M.T.Mansurov

2. Turli masalalar.

  • Share :